24 Noyabr 2021 yil 44

14.400.000 soʼmlik “Britanik” yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

2021 yil 22 noyabr kuni soat 18:30larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʼlimi hamda Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olingan maʼlumotlar asosida, Qarshi shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qarshi shahri Markaziy buyum bozori orqa tomonida ketayotgan Sh.D toʼxtatilib, qoʼlidagi karton karobka koʼzdan kechirilganda “Britanik" yozuvli pirotexnika vositalari borligi maʼlum boʼldi.
Shundan soʼng fuqaro Sh.D.ga tegishli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida toʼlik koʼzdan kechirilganida umumiy qiymati 14.400.000 soʼmlik 480 qutidan iborat “Britanik” yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olindi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech