16 May 2022 yil 62

50 to'p kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs qo'lga olindi

2022 yil 12 may kuni Qamashi tumani IIB hamda tuman DXX xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbir davomida, Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi T.X. 2022 yil mart oyida Qamashi tumani Jonbuz qishlogʼi hududida vaqtincha yashash uyi tomorqasining yer maydoniga ishlov berib, giyohvandlik vositasi urugʼlarini yekib parvarishlab, taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotgani aniqlangan. Hujjatlashtirilib olingan yashil rangli oʼsimlik tarkibida kannabinol, kannabidiol moddasi bor va bu taʼqiqlangan uzunligi 28 sm.dan 55 sm.gacha boʼlgan “KАNNАBIS OʼSIMLIGI” ekanligi, ushbu
50 toʼp kannabis oʼsimligining nam holatdagi jami sof ogʼirligi 165 grammni tashkil etgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan T.X.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech