20 Sentyabr 2021 yil 147

8 tup marixuana oʼsimligi qoʼlga olindi

2021 yil 12 sentyabr kuni Kitob tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlda yana bir ogʼu shaydosining kirdikorlari fosh boʼldi. Jumladan, tumanning “Iskana” MFYda yashovchi B. K. hovlisidagi mevali daraxtlari orasida 8 tup yashil rangli, oʼtkir hidli oʼsimliklarni qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Kannabis oʼsimliklarining quritilgan holatda sof ogʼirligi 250,0 gramm tosh bosdi.
Bu kamlik qilganidek, hovlisida quritish uchun qoʼyilgan selofan paketga joylangan marixuana ham olinib, taroziga qoʼyilganda 6,4 grammligi maʼlum boʼldi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech