8 Noyabr 2022 yil 83

Avtomashina olib qochgan sarxush “haydovchi”...

Qarshi shaharida yashovchi fuqaro P.U. viloyat IIBning 102 tizimiga murojaat qilib, 2022 yil 02 noyabr kuni soat 22:50larda boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida shaharning Jayxun ko‘chasi bo‘ylab ketayotganda choyxona oldida bir fuqaro to‘xtatadi. Yo‘lovchi  Koson tumani Obron qishlog‘igacha olib borib qo‘ysa, yo‘l haqini uyidan olib berishini aytib, uni “Kasbi-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlantirib, shu kuni soat 23:50larda yo‘lda to‘xtab, ikkalasi ham avtomashinadan tushgan vaqtda yo‘lovchi avtomashinani boshqarib, noma’lum tomonga ketib qoladi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat miqyosida “To‘sib ushlash” rejasi e’lon qilinib, olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida viloyat IIB va Koson tuman IIB xodimlari tomonidan Koson tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomashinani mast holda tumanning “Araliq” MFYda yashovchi B.I. boshqarib borayotganda ushlangan.

Ayni kezlarda Kasbi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan B.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech