8 Noyabr 2022 yil 70

Foydasidan javobgarligi og‘ir o‘yin

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Xo‘jamahmud” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar qimor o‘ynayotgani holati fosh etildi. Jumladan, fuqaro S.SH. uyida tavakkalchilikka asoslangan qimorxona tashkil qilib, mahalladoshlari M.I., J.G‘., T.B. va Q.N.larni qimor o‘ynashi uchun sharoit yaratib berib, qonunga xilof ravishda qimor o‘yini tashkil qilgan. Uy egasidan S.SH. dan 107 ming va qimor o‘ynayotgan shaxslardan 1.113.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech