26 Sentyabr 2022 yil 44

Mahalladosh o‘g‘ri

Qarshi shahar “Xudoyzod” MFYda yashovchi R.A 2022 yil 18 sentabr kuni Qarshi tumani “Chaman” MFYdagi qurilishi tugallanmagan yashash uyiga kelib qarasa hovliga kirish joyiga o‘rnatilgan 3.000.000 so‘mlik temir darvozasi yo‘q.

Holat yuzasidan Qarshi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida darvozani shu mahallada yashovchi F.SH. o‘g‘irlagani aniqlanib, daliliy-ashyolar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan surishtiruv haraktlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech