20 Iyun 2022 yil 25

Qochoqning so‘nggi manzili

    Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini sodir etgani uchun JIB Shahrisabz tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Shahrisabz tumani “Qumqishloq” MFYda yashovchi M.R. jinoyatga jazo muqarrarligini endi anglab yetgan bo‘lsa ajabmas. Negaki, u qilishi uchun javob berish o‘rniga jazodan qochib qutulmoqchi bo‘ldi.

     Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida u yaqinda Qarshi shahri hududidan ushlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech