28 Oktyabr 2022 yil 95

Yaroqsiz go‘sht aniqlab olindi

2022 yil 27 oktyabr kuni soat 21.30 larda “Kitob-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan, “Nexia-2” rusumli avtomashina Kitob tuman hududida joylashgan “Mingchinor” muntazam YPX maskanida  to‘xtatildi. Haydovchi Shahrisabz shahrida yashovchi H. D. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina saloni va yukxonasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Karantin bo‘linmasi  xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz,  250 kilogramm og‘irlikdagi yirik shoxli qora mol go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi.

Go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.

Go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi bois tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech