4 May 2021 yil 391

3-sektorda ishlar qizgʼin

Qarshi shahrida 3 sektor xududida joylashgan mahallalarda, guzarlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, shaharning 3-sektoriga qarashli mahallalar va markaziy koʼchalardagi ariqlar qazilib, atrofiga anvoyi gullar ekilmoqda. Ushbu jarayonda mavjud eski piyodalar yoʼlaklari yangilanmoqda, yoʼqlariga yangi yoʼlaklar qurilmoqda. Mahallardagi taʼmirtalab “Аyollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning uylari, hovlilar taʼmirlanmoqda.
Bir soʼz bilan aytganda, 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda qutlugʼ Ramazon oyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu va xayrli ishlar vohaning shahar-tumanlaprida ham davom etmoqda.

Text to speech