26 Noyabr 2022 yil 162

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni murojaatlarini tinglab kundalik va maishiy muammolariga yechim topish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri                                                                                      

Bu borada Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiev tomonidan joylarda qator qabullar uyushtirilmoqda. Qabullarda asosiy e’tibor inson haq-huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilmoqda. Jumladan, viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bugun boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida 7 nafar fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga tiklash, surishtiruv va tergov harkatlari, shuningdek, himoya orderi va bola ta’minoti  bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolarga huquqiy tushunchalar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan barcha murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech