15 Oktyabr 2021 yil 282

Qariyb 1300 nafar fuqaroligi yoʼq shaxslar saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʼldi

Soʼngi 5 yil ichida mamlakatimizda inson huquqi va erkinliklari, manfaatlari davlat ahamiyatiga molik masala sifatida qaralmoqda. Bunday gʼamxoʼrlik mamlakatimiz fuqarolaridan tashqari, qoʼshni davlatlardan kelib uzoq yillar davomida yashab kelayotgan fuqaroligi yoʼq shaxslar ham Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinmoqda.
Xususan, Gʼuzor tumanida yashab kelayotgan 1297 nafar fuqaroligi yoʼq shaxslar ham ana shunday imkoniyatlardan bahramand boʼlishdi. Ularga Gʼuzor tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.

Text to speech