24 Yanvar 2023 yil 53

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori matbuotda e’lon qilindi. Qaror mazmun-mohiyati va uning ichki ishlar organlarida qo‘llanilishi yuzasidan Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi, Faxriylar kengashi a’zolari, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari, Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari, viloyat Nuroniylari, Qarshi shahar Madaniyat bo‘limi, Tibbiyot boshqarmasi, Qarshi DU va yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Qaror mazmun-mohiyati va uning ichki ishlar organlarida qo‘llanilishi yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Muslimov so‘zga chiqib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek,  ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash bosh maqsad etib belgilangani, shu bois ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanganini bildirdi.

Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondoshish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob- axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik holatlari o‘z akssini topgani so‘zga chiqqan faxriylar kengashi raisi va keng jamoatchilik vakillari tomonidan ta’kidlandi.

Bundan keyin ichki ishlar organlarining har bir xodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblanishi, xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni ekanligi mabodo, Kodeksdagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ham belgilandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech