27 May 2023 yil 338

Qashqadaryo  viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairovning Kitob tumani “Varganza MFYda  navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov Kitob  tumanidagi “Varganza” MFY da sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning o‘zini o‘zi  ish qurollari olish, kredit mablag‘ini ajratish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir jami 21 ta murojaatlari tinglandi.

Qabulda o‘zini o‘zi band qilish uchun 6 nafar ayollarga tikuv mashinalari berildi. Jumladan,         2 nafar fuqaroga murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga oid 2 ta minnatdorchilik ham qabul qilindi. Qolgan       11 ta murojaatlar mablag‘ va vaqt talab etgani bois ish yurituvga olinib, ijroga qaratildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda

Text to speech