25 Mart 2023 yil 318

Bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari qutlandi

Ona tabiat yosharib, yashillikka burkagan shu kezlarda yurtimizda Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimlarida zimmasiga yuklangan vazifalarni bekamu ko‘st bajarib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar Navro‘z bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra mukofotlangandi.

Yaqinda IIVning “A’lo xizmatlari uchun”, I-II-III-darajali – “Benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, Faxriy yorliq va qo‘l soatini Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Text to speech