28 Mart 2023 yil 4867

D i q q a t, e’ l o n!

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining hududiy bo‘limlarida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika xizmatining inspektor-psixolog lavozimlariga oliy ta’lim muassasalarining psixologiya yo‘nalishini tamomlagan fuqarolar tanlov asosida ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadi.

Qabul joriy yilning 3-8 aprel kunlari soat 09.00 dan 18.00 gacha IIV Qashqadaryo Akademik litseyida bo‘lib o‘tadi.

Qabulga keluvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni aslini taqdim etishlari lozim.

- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

- harbiy guvohnoma;

- oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi (psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha);

- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda) (086-Forma)

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

- yoshi 30 dan katta bo‘lmagan (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;

- psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi lozim.

Belgilangan kunlardan (3-8 aprel) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ruyxatiga kiritilmaydi.

Ma’lumot uchun: telefon raqamlar 75-224-41-95,  75-224-44-42.

Manzil: Qarshi shahar, Buyuk turon ko‘chasi 56-uy IIV Qashqadaryo Akademik litseyi

Mo‘ljal: Qarshi xalqaro aeroporti.

Text to speech