2 Iyul 2022 yil 270

Davlat gerbi – mustaqillik timsoli!


Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli!” mavzusida maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Unda viloyat IIB tarkibiy boʼlimlari, sohaviy xizmatlari xodimlari Qarshi davlat universiteti oʼqituvchlari ishtirok etdi.
Tadbirda Qarshi davlat universiteti dotsenti Zoxid Boymurodov soʼzga chiqib, bu yil Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbining qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami nishonlanayotgani alohida eʼtirof etildi. Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati, undan foydalanish tartib-qoidalari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Maʼrifiy tadbir ishtirokchilari davlat gerbi toʼgʼrisidagi savollariga batafsil javoblar olishdi.

Text to speech