20 May 2023 yil 322

Foydali davra suhbati

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Gender tenglik”, erta turmushning oldini olish, kiber jinoyatlar va ularning turlari, mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi, QDU, Gender tenglik markazi, litsey oʻqituvchilari va 1-2-kurs oʻquvchi qizlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan viloyat Gender tenglik markazi rahbari Kommuna Ismoilova mamlakatimizda gender tenglik jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, taʼlim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatishini bildirdi. Jumladan jamiyatning barcha sohalarida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish va boshqa madaniy-maʼrifiy hamda maishiy muammolarni hal etishda xotin-qizlar erkaklar bilan teng asosda faoliyat yuritayotganini bildirdi.

Boshqarma TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimi podpolkovnik Iroda Rasulova kiberbuling jinoyati haqida maʼlumot berib oʻtdi. Har bir bank plastik karta egasi shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermasligi ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.

Davra suhbati yakunida QDU dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Xolmurod Karimov, Gender tenglik reabilitatsiya markazi psixologi Dilnoza Raximova va litsey psixologi Nargiza Sayfiyeva jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni va roli, erta turmushga chiqmaslik, gigiyena qoidalariga rioya etish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Text to speech