13 Yanvar 2021 yil 563

Fuqarolarni shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar rasmiylashtirilmoqda

Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning joylardagi boʼlinmalari tomonidan joriy yilning 4 yanvaridan biometrik pasport oʼrniga ID-kartalar berila boshladi. Boʼlinmalarga zamonaviy maxsus qurilmalar keltirildi. Ular yordamida fuqarolarga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar rasmiylashtirilmoqda.

Oʼtgan bir hafta davomida viloyatdagi tuman hamda shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimlariga murojaat qilgan 1079 nafar fuqaro ID-kartaga ega boʼldi.

- ID-kartalarni olish uchun hech qanday maxsus hujjat talab etilmaydi. Faqat pasport, ariza va davlat boji – bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi (198 470 soʼm) toʼlanishi lozim. Birinchi marta pasport olish uchun murojaat qilgan yoshlar boʼlsa, ariza, tugʼilganlik haqida guvohnomasi, otasi yoki onasining pasporti nusxasini taqdim etadi, ID-kartalarni bir ish kunida olish imkoniyati mavjud.

Text to speech