26 Yanvar 2023 yil 250

Ham huquqiy, ham tarbiyaviy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik D.N.Ashurov Koson tumanida joylashgan 7533 harbiy qism 4-batalyonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, ishtirokchilarga tegishli tushuntirish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida qo‘mondon o‘rinbosari 2020-2023 yillar davomida Qorovul qo‘shinlarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qildi. So‘ngar, harbiy xizmatchilar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, har xil turdagi tavakkalchilikka asoslangan bukmekirlik o‘yinlarni salbiy oqibatlari ularning kelib chiqish sabablari va hozirgi kunda bu kabi qimor o‘yinlariga chek qo‘yish xususida shaxsiy tarkibga tushuntirishlar berdi. 

Yakunda harbiy qism va batalyondagi shaxsiy tarkibning muammolarini o‘rganish, ularni hal etishda ko‘maklashish bo‘yicha  barcha toifadagi komandirlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech