26 Yanvar 2023 yil 212

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muborak va Kasbi tumanida aholi muammolari va maktablarni isitish tizimini o‘rgandi

Xabariniz bor, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida aholi xonadonlari, ta’lim muassasalarida issiqlik tizimini o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bugun Muborak tumanida bo‘lgan ishchi guruh ichki ishlar bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishdi. Aholini elektr energiyasi va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, kundalik va maishiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va murojaatlarni tahlil etdi.

Muborak tuman ichki ishlar bo‘limida xodimlarning xizmat xonalari,  navbatchilik qismidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tashrif davomida navbatchilik qismi xodimlari bilan suhbatlashib, yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish to‘g‘rsidagi qarori va boshqa meyoriy hujjatlar yuzasidan savol-javob o‘tkazdi. Xodimlarning bilim saviyasini ijobiy baholagan Vazir o‘rinbosari tumanda ijtimoiy-siyosiy va kirminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash yuzasidan Tergov-tezkor guruhi va Tezkor shtab a’zolariga bilan aholidan tushayotgan murojaatlarni tezkor va odilona hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.  

Muborak tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22- va 23-sonli maktablarda bo‘lgan ishchi guruh tomonidan sovuq ob-havo sharoitida maktablarda mavjud isitish tizimini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar qoniqarli darajada ekanligi qayd etildi.  

O‘rganishlar davomida Kasbi tumanida bo‘lgan Vazir o‘rinbosari tumandagi 33- va 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi. Sinfxonalarning issiqlik talab darajasida emasligi bois tuman hokimi o‘rinbosari va maktab direktoriga havo mo‘tadilligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish topshirig‘i berildi. Maktab sinfxonalarining issiqligi, isitish tizimi, ko‘mir zahirasi ko‘zdan  kechirildi. Sinf xonalardagi issiqlik talab darajasida emasligi bo‘yicha e’tiroz bildirilib, tuman hokimi o‘rinbosari B.Eshonqulov va maktab direktori E.Abduvoxidovlarga maktabda doimiy ravishda issiqlikni talab darajasida ta’minlanishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech