15 Oktyabr 2021 yil 363

Jangovar mashgʼulotlar oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV ning 2018 yil 17 yanvarь kunidagi 17-sonli buyrugʼiga asosan Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida muntazam ravishda sport mashgʼulotlari oʼtkazilib kelinmoqda. Yaqinda boshqarma kasbiy tayyorgarlik boʼlimi xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib bilan qoʼl jangi, oʼtkir tigʼli vositalardan himoyalanish va unga qarshi usullarni qoʼllash harakatlariga oid mashgʼulotlar oʼtkazildi.

Text to speech