20 Yanvar 2022 yil 345

KUN TАRTIBIDА XIZMАT INTIZOMI


Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʼlishi, Vatanga sadoqatli, burchga masʼuliyatli boʼlishlari uchun qator tarbiyaviy profilaktik uchrashuvlar oʼtkazilmoqda. Jumladan, IIV huzuridagi JIED Toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son JIEK xodimlari oʼrtasida ham ana shunday yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda IIV Shaxsiy xavfsizlik boʼyicha boshqarmasi JIED boʼyicha boʼlimi 4-mintaqa OʼMIB tezkor vakili, Koloniya rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etgan yigʼilishda ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida tamagirlik, korruptsiya holatlariga barham berish, qonunchilik buzilishi, yoʼl-transport hodisalari va jinoyat sodir etilishining oldini olish, xizmat davomida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Text to speech