21 Sentyabr 2022 yil 303

Mahalliy va xorijiy fuqarolarning respublika boʼylab harakatlanishini monitoring qilish ishlari olib borilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli “Oʼzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy va xorijiy fuqarolarning respublika boʼylab harakatlanishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, olingan maʼlumotlar asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish va samarali amalga oshirish maqsadida mavjud tartiblarga tegishli oʼzgartirishlar kiritildi. Hozirgi kunda joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, jumladan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shu kabi boshqa muassasalarga joylashganda shu muassasalar maʼmuriyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida “E-Mehmon” elektron bazasiga kiritish orqali hisobga olinishi kerak.
Hisobga olish avval 12 soat mobaynida edi, hozirda esa ular kelib joylashgan zahoti, ularning bu yerda boʼlish muddati va kelishining davriyligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. Mazkur tartiblarning joriy qilinishi mahalliy va xorijiy sayyohlarning sogʼligʼi va xavfsizligini taʼminlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati IIB XTTB xodimlari tomonidan doimiy ravishda reydlar oʼtkazilmoqda. Ushbu reydlar davomida Qamashi tumanida joylashgan "Аrsh" mehmonxonasi maʼmuriyati tashrif buyuruvchilarni E-mehmon elektron bazasiga roʼyxatga oʼtkazmasdan qabul qilib kelayotganlik holati aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Text to speech