11 May 2022 yil 508

MАKTАBLАRDА PROFILАKTIK TАDBIR


Bugungi kunda Shahrisabz shahrida 35517 nafar voyaga yetmaganlar istiqomat qilmoqda. Shundan 23487 nafar oʼquvchilar 25 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotir. Ushbu taʼlim muassasalari oʼquvchi yoshlari oʼrtasida Shahrisabz shahar IIB HPB VEBIG voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektor-psixologlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat xafvsizligini taʼminlash uchun umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. Jumladan, 2022 yil 7 may kuni Shahrisabz shahar XTBga qarashli 1-sonli va 14-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktablarida «Davomat» va «Tigʼ» profilaktik tadbirlari oʼtkazildi.
Tadbir davomida taʼlim muassasalarining 9-11 sinf oʼquvchilari dars mashgʼulotlariga qatnashish jarayonlari oʼrganilib, sababli va sababsiz maktabga kelmagan oʼquvchilar sabablari oʼrganildi. Oʼquvchilarga taʼlim muassasasi hududida uyali aloqa telefonlaridan foydalanish tartiblari toʼgʼrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Tegishli tartibda bir qator oʼquvchilarning smartfonlarida taqiqlangan materiallar, pornografik mazmunga oʼxshash foto va video lavhalar mavjud yoki mavjud emasligi tekshirildi.

Text to speech