18 May 2022 yil 305

Ma’naviyat marshruti – Muzeylar

 

 

18 may – Xalqaro muzeylar kuni bo‘lib, u 1977 yildan beri nishonlab kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan 2022-yilning 14-may kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyining 1-bosqich o'quvchilari Qarshi shahrida joylashgan Bekmir madrasasi, Vatanparvarlar bog’i hamda Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali monumentiga tashrif buyurishdi. O’quvchilarga akademik litseyning tarix fani o’qituvchisi Asror Raximov hamrohlik qildi.

Qarshining qadimgi qal'asi, uning bosh maydoni Registon va uning atrofida joylashgan qator masjidlar, madrasalar, Chorsu, Sardoba va boshqa obidalar shaharga ko'rki, fayzi, mahobati va ulug'vorlik baxsh etganligi haqida A.Raximov o’quvchilar batafsil ma’lumotlar berdi.

Shundan so’ng o’quvchilar Qasrhi shahrida joylashgan Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykalini ziyorat qilishdi. II jahon urushi davrida o’zbek xalqi ko’rsatgan jasorati va front ortidagi zahmatli mehnati haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berildi.

Shundan so’ng o’quvchilar Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bog'i” ga  tashrif buyurishdi. Va bog’ ichidagi muzeyni ko’zdan kechirishdi. Bu kabi tashriflar yoshlar ruhiyatida vatanparvarlik tuyg’ularini yanada oshirishi shubhasizdir.

Text to speech