13 Avgust 2022 yil 245

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

"Vatanparvarlik oyligi" doirasidaQashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy – ma’rifiy bilimlarini oshirish,  madaniy hordiq chiqarishi uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va shahar-tuman IIBlari xodimlari viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Unda teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan “To‘ydan oldin tomosha” nomli spektakl namoyish etildi.

Xalqimizning azaliy qadriyatlari - to‘y va boshqa marosimlar, qaynona kelin munosabatlari achchiq kulguga olingan hajviy obrazlardan iborat spektakl ishtirokchilar tomonidan zavq bilan tomosha qilindi.

Text to speech