21 Yanvar 2022 yil 253

Masʼul kuzatuvichilarsiz yurgan bir guruh voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan qonuniy chora koʼrilmoqda

Shahrisabz, Qamashi va Yakkabogʼ tumanlari hududida voyaga yetmaganlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida ichki ishlar organlarining psixolog-inspektorlari salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 20 yanvar kuni tumanlar hokimligi, prokuraturasi, XTB, yoshlar agentligi va tuman IIB VEBIG inspektor-psixologlari hamkorlikda tungi reyd tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirlarda aniqlangan masʼul kuzatuvichilarsiz yurgan bir guruh voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan, oshxona, kafe-bar va kompyuьterxona egalariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 188-2-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tumanlarda voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech