17 May 2023 yil 252

O‘quvchilar ogohligi oshirildi

Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan 40-maktabda “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Tadbirda Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB VE va YOBIG VEMB katta inspektor-psixologlari, “Ravoq” mahallasi va maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan podpolkovniklar A.Begimova, I.Bozorovalar yoshlar va voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklardan xoli bo‘lishi, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Text to speech