16 May 2022 yil 333

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED toʼrtinchi mintaqaviy hudud 3-son JIEKda “Terrorizm yoʼnalishi va ijtimoiy tarmoqlarda taʼqiqlangan saytlar” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED toʼrtinchi mintaqaviy hudud 3-son JIEKda “Terrorizm yoʼnalishi va ijtimoiy tarmoqlarda taʼqiqlangan saytlar” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi IIV ShXBB JIED boʼyicha boʼlimi toʼrtinchi mintaqaviy hudud OʼMIB tezkor vakili, Qashqadaryo viloyat IIB Terorrizim va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi vakili, toʼrtinchi mintaqaviy hudud MMM hamda koloniya xodimlari ishtirok etdi.

Soʼzga chiqqanlar bugungi kunda texnika taraqqiyoti rivojlangani sari turli xil yot gʼoyalar oqimi ham ortib borayotgani, bu kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish boʼyicha ish tizimi yoʼlga qoʼyilganligi,
Oʼzbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq oʼzining dinga munosabatini aniq va qatʼiy belgilab olganligini, Davlatning dinga munosabati “Inson eʼtiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi qonunda ham oʼzining huquqiy ifodasini topganligi taʼkidlab oʼtildi.

Hamda bugungi kunda dolzarb mavzu boʼlib kelayotgan turli xil qonunda zid boʼlgan tavakkalchilikka asoslangan ijtimoiy tarmoqlardagi oʼyinlarni oʼynamaslikka, internet tarmoqlari orqali taʼqiqlangan va gʼayri qonuniylikni targʼib etuvchi saytlardan xodimlar va ularning oila aʼzolari foydalanmaslik lari talabi qoʼyildi. Bu kabi qaltis xato oqibatida qanchadan qancha insonlar aziyat chekib, oilalar buzilayotganligi hamda farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etayotganligini koʼrish mumkin.

Shuning bilan bir qatorda butun dunyo miqyosida taraqqiyotning ildiziga bolta uruvchi omil hisoblanmish korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ham tushunchalar berib oʼtilib, har-bir xodimni yanada hushyorlikka chorlab, noqonuniy harakatlarga yoʼl qoʼyilmaslik boʼyicha topshiriqlar berib oʼtildi.

Text to speech