22 Sentyabr 2022 yil 347

“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”


Shahrisabz tuman “Yangiobod” va “Polmon” MFYlarda “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Аxborot manipulyatsiyasi: maqsad va oqibat” va “Baxtli ayol- barqaror jamiyat poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman targʼibot guruhi, Oila va xotin-qizlar boʼlimi va tuman IIB JXX HPB XQMB xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda muhtaram Prezidentimizning qator farmonlarida xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ish oʼrinlarini yaratish haqida maʼlumot berildi. Yigʼilishda soʼz olganlar tomonidan ayollarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, ekstremizm, ommaviy madaniyat kabi maʼnaviy tahdidlarni oldini olish, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash, shukronalik tuygʼusini yoshlar ongiga singdirish, “Inson qadri uchun” tamoyilining tub mohiyatini anglash kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratildi.
Xotin-qizlarning mavzu va boshqa maishiy yoʼnalishlardagi muammolari tinglanib, savollariga javoblar qaytarildi.

Text to speech