22 Yanvar 2021 yil 558

Psixologik xizmat koʼrsatish va poligrafdan foydalanishni yanada takomillashtirish

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 31 dekabr kunidagi “Psixologik xizmat koʼrsatish va poligrafdan foydalanishni yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 292-sonli boʼyrugʼi hamda booshqarma rahbariyati toshirigʼiga asosan Psixologik taʼminlash guruhi tomonidan 2021 yil 21 yanvarь kuni shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash, sogʼlom fikr va moslashuvchanlikni shakllantirishiga koʼmaklashish, nizoli vaziyatning oldini olishda yordam berish, ruhiy tushkun holatdan chiqib ketishida hamda ongda ijobiy xislatlarni rivojlantirish maqsadidapsixologik trening mashgʼulotlari  oʼtkazildi. Mashgʼulotga Qarshi Davlat Universitetidan Feruza Rajabova va Husanov Аbboslar ishtirok etishdi.

Mashgʼulotda 20 nafar yosh xodim va xodimalarning ishtiroki taʼminlandi. Treninig mashgʼulotlari“Qalbdagi noxush asoratlardan qutilish mashqi”, “Taranglikni yumshatuvchi mashqlar”, “Hayotga quvonch bilan muomala qilishni oʼrganish mashqi”, “Ijtimoiy foydali faoliyatga halal beruvchi toʼsiqlarni bartaraf etish mashqlari” hamda “Oʼzini va boshqalarni anglash, tushunish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish mashqlari” kabi mavzularda oʼtkazildi.

Oʼtkazilgan trening mashgʼularning asosiy maqsadi sifatida, shaxsni psixologik yaʼni  ruhiy  jihatdan   erkinlikka   chiqarish,  ishtirokchiarda  tabiiy  erkinlikni his  etishi  oʼz  guruhi  va  undan tashqarida oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata  olishni  shakllantirish ga qaratidi.

Oʼtkazilgan psixologik trening mashgʼulotlari davomida xodimlarga yaxshi ishlash, bilimli, oʼziga ishongan boʼlish hammaning ham orzusi ekanligi, aql boʼlmasa kuchdan foyda yoʼqligi, aql va xotirani mashq orqali rivojlantirish mumkinligi hamda ular oʼtgan xayotidagi quvonchli va muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, kelajakda shaxs sifatida mazmunli va erkin yashash toʼgʼrisida oʼz fikriga ega boʼlishdi.

Text to speech