24 Yanvar 2023 yil 25

Qaror mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi

Qarshi tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX, tuman IIB va keng jamoatchilik vakillari, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi, diniy idora va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Nurali Avlayev ochib, ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, va qarorda keltirilgan talablar haqida so‘z yuritdi.

Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov so‘zga chiqib, qaror talabiga ko‘ra, IIV tuzilmasida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yilganini, xodimlarning ma’naviy –ma’rifiy  bilimlarini oshirish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish borasida kodeks ishlab chiqilganini bildirdi.

Bundan tashqari ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratilib, “E-nomzod” elektron axborot tizimini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘riladigan bo‘ldi.

  Tadbirda mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech