28 Yanvar 2023 yil 245

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son Jazoni ijro etish koloniyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror mazmun-mohiyati va uning ichki ishlar organlarida qo‘llanilishi yuzasidan faxriylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda, koloniya shaxsiy tarkibi, faxriylar kengashi a’zolari, ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan Qarorda ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob- axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik holatlari o‘z aksini topgani ta’kidlandi.                                                                     

Bundan keyin ichki ishlar organlarining har bir xodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblanishi, xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni ekanligi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Text to speech