17 Mart 2023 yil 265

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida ko‘pkurash musobaqasi bo‘lib utdi

21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida ko‘pkurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy tarkibni kasbiy, jismoniy va ruhiy tayyogarligini oshirishga qaratilgan farmoyishiga asosan tashkil etilgan ko‘pkurash musobaqasida jamoalar to‘sinda tortinish, AKM va PM qurollarini qismlarga ajratish va yig‘ish, 100 metrga qisqa masofaga yugurish, arqon tortish va tosh kutarish borasida o‘zaro kuch sinashdilar.

Qizg‘in bahs va munozalarga boy kechgan musobaqada 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi sportchilari, 2-o‘rinnni Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoasi va 3-o‘rinni harbiy qism kursantlari qo‘lga kiritishdi.

Ko‘pkurash musobaqasi g‘oliblariga viloyat IIB birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovg‘alarni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov tantanali topshirdi.

Text to speech