21 Yanvar 2022 yil 308

Qoʼmondon oʼrinbosari bilan uchrashuv


IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha qoʼshinlari qoʼmondonining moddiy taʼminot boʼyicha oʼrinbosari polkovnik S.Ganiev Qarshi shahridagi 7256-harbiy qismda boʼldi. Harbiy xizmatchilar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, shart-sharoitlarni yaxshilash, xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi borasida ishtirokchilarga yoʼriqnoma berdi.
Yigʼilishda harbiy xizmatchilarni qiynayotgan muammo va kamchiliklar, oilaviy shart-sharoitlarni oʼrganib, oxirgi vaqtlarda is gazidan zaharlanish holatlari koʼpayib borayotganiligini, xonadonlarni isitishda gaz qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozimligini ishtirokchilarga uqtirdi. Ushbu jarayonda harbiy qismda amalga oshirilayotgan ishlarni bilan tanishdi.

Text to speech