13 Yanvar 2021 yil 499

Qonuniy tushunchalar berilmoqda

Koson tumani IIB HPB XQMB katta inspektori mayor F.I.Chorshanbieva, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼining oʼrinbosari A.Xolmoʼminova, "Maʼshal" MFY raisining huquq tartibot masalalari boʼyicha oʼrinbosari katta leytenant I.Djoʼraev, oliaviy qadryatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolari bilan oʼzaro kelishmovchiligi boʼlgan oilalar muhokama etilib, ularga oila muqaddasligi, farzand bebaho neʼmat yekanligi tushuntirildi. 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida"gi qonunga muvofiq oilada tazyiqqa uchragan ikki nafar xotin-qizga bir oylik muddatga himoya orderi berilib, har ikki tomonga belgilangan cheklovlar toʼgʼrisida huquqiy tushunchalar berib oʼtildi.

Text to speech