27 Yanvar 2023 yil 216

SAYYOR QABULDA FUQAROLARGA MODDIY VA MA’NAVIY KO‘MAK BERILDI

Mamlakatimizda fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni kundalik turmush tarzida uchrayotgan maishiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish maqsadida viloyat 3-sektori rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Ana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Dehqonobod tumanidagi 70-sonli o‘rta maktabda sayyor qabul o‘tkazdi. 

Sayyor qabulda aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kredit olish, o‘zini o‘zi band qilish to‘g‘risidagi so‘rovlari tez fursatlarda ijobiy hal etilyotgani qayd etildi. Qabulda 13 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi. Shundan 8 nafar  fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi. Jumladan, 1 nafar xotin-qizga o‘zini o‘zi band etishi uchun tikuv mashinkasi berilgan bo‘lsa, 1 nafar fuqaroga avtomashina yuvish apparati, 4 nafar fuqaroga gaz ballon, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, yana 1 nafar fuqaroga quloqchin eshitish moslamasi berildi. 

E’tiborli tomoni shundaki, mablag‘ va vaqt talab etadigan 5 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech