13 Avgust 2022 yil 378

Sayyor sud majlisi

Shahrisabz tuman IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy jazolarni o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktik ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda nazoratdagi shaxslar bilan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tash tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining raisi F.Choriyev raisligida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shahrisabz tuman prokuraturasi va tuman IIB tegishli soha xizmat xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan A.T. va I.M. larning o‘talmay qolgan jazo muddatlari sudning ajrimiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, ushbu sud jarayonida sodir qilgan jinoyatidan chin ko‘ngildan qattiq pushaymonda bo‘lgan, qilmishining oqibatlarini tushunib yetib axloqan tuzalish yo‘liga kirgan va tayinlangan jazoni o‘tash majburiyat va cheklovlariga to‘liq amal qilib kelayotgan 3 nafar shaxs shartli ravishda ozod etildi.

Text to speech