13 Sentyabr 2021 yil 380

Sektor rahbari otaliqqa olingan maktabda


Bugun yurtimizda maktablar ochilib, bolalarni yana oʼz bagʼriga oldi. Yozgi taʼtildan soʼng maktabga qaytgan bolajonlar koʼzida quvonch porlab turibdi.
Shahrisabz tuman IIB boshligʼi 3-sektor rahbari podpolkovnik Olim Tojiev otaliqqa olingan 21-sonli maktabda boʼlib, maktabda bolalarga yaratilgan shart-sharoit, dars jarayonlari, oʼquvchilarning kitob daftarlar bilan taʼminlanganligi va kutubxonada mavjud kitob fondi bilan tanishdi.
Maktab rahbariyati bilan maishiy va boshqa muammolar, kuz-qishki tayyorgarlik masalalari yuzasidan suhbatlashdi. Аyrim muammolarni bartaraf etish boʼyicha masʼul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech