18 May 2022 yil 318

Tarixiy majmuaga sayohat

     Boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham 18 may - Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan viloyatdagi tarixiy obida va tarixiy maskanlarga sayohat uyushtirishdi. Dastlab Qarshi shahridagi Odina masjidida boʼlgan ichki ishlar organlari xodimlari va oʼquvchilar u yerda tashkil etilgan muzeyda xalqimiz tarixiga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Odina masjidi muzeyidan joy olgan jadidlarga oid, paxta ishi boʼyicha maʼlumotlar bilan birga ota-bobolarimiz foydalangan ish va jang qurollari, kiyim kechaklar, musiqa asboblarini koʼzdan kechirib, xalqimizning buyuk alloma va tarixiy shaxslari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.
       Xodimlar u yerda masjid tarixi va qoʼyilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishib, majmua haqidagi bilimlarini boyitdilar.
Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar bogʼi” da boʼlgan ichki ishlar organlari xodimlari istirohat bogʼida koʼrgazmaga qoʼyilgan maxsus himoya vositalari, jangovar va xizmat avtomashinalari, qurol-yarogʼ va boshqa uskunalar, kiyim-boshlar, amfiteatr, harbiy xandaq, qoyada toshga chiqish, oʼq otish joyi va lukodrom, harbiy kichik muzey, parashyutdan sakrash minorasini tomosha qilishdi.
     Tadbirda xodimlarga harbiy xizmatchilardagi jasurlik, mardlik, faxr-iftixor, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʼoyalariga sodiqlik tuygʼularini singdirish, fuqarolarda ichki ishlar organlariga hurmat hissini boytishga oid maʼlumotlar berildi.
Bogʼdagi, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech