26 Noyabr 2022 yil 262

Tibbiyot xodimlari taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ishtirok etib, salomatlik posbonlarini kasb bayrami bilan qutladi.

Muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligining  soha xodimlariga ko‘rsatayotgan ehtirom va e’zoz, e’tibor alohida e’tirof etildi.

Tadbirda ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga, ichki ishlar organlari xodimlari salomatligini mustahkamlashga  katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olinib, fidoyi shifokorlarining bir guruhi boshqarma rahbariyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech