12 Yanvar 2021 yil 1478

"Tumaris izdoshlari" koʼrik tanlovi gʼoliblari saralandi

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining yigirma toʼqqiz yilligi va “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2021 yil 12 yanvar kuni Qarshi shahridagi “Yoshlar” markazida harbiy xizmatchi ayollar oʼrtasida “Tumaris izdoshlari” koʼrik tanlovi boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda JGʼMHO, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy harbiy Аviatsiya bilim yurti, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Chegara qoʼshinlari tizimida xizmat oʼtayotgan harbiy xizmatchi ayollar ishtirok etdi.

“Tumaris izdoshlari” koʼrik tanlovida xodimalar quyidagi shartlar boʼyicha oʼzaro bellashdilar.

1- Oʼzini tanishtirish sharti

2- “Oʼz iqtidoringni namoyon qil” sharti

3- Tezkor savol javob sharti

4- Tort bezash shartlari boʼyicha oʼzaro billashdilar.

Zukkolik va bilimdonlikni sinash asosida tashkil etilgan bahslar yakunida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimasi mayor Zarina Kenjaeva birinchi oʼrinni egalladi.

Ikkinchi oʼrinni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy harbiy Аviatsiya bilim yurti xodimasi egalladi.

Uchinchi oʼrinni Bojxona boshqarmasi, JGʼMHO, Chegara qoʼshinlari xizmati xodimalari egalashdi.

Gʼolib va sovrindor ishtirokchilarni diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Text to speech