12 May 2022 yil 32

Tungi reydda aniqlagan qoidabuzarliklarga chora koʼrildi

Viloyat IIB JXX YHXB boshligʼi polkovnik А.Sadirov boshchiligidagi Maxsus guruh xodimlari tomonidan yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, qoidabuzarliklarni aniqlash, jinoyatlarni oldini olish boʼyicha kuchaytirilgan tartibda tungi reyd tadbirlarini oʼtkazmoqda. Uyushtirilayotgan qator profilaktik tadbirlarda haydovchilarning avtomashinada oʼtkir tigʼli sovuq qurollar, tayoq (bita) olib yurish holatlari aniqlanmoqda. Jumladan, joriy yil 11 may kuni Qarshi shahar hududida oʼtkazilgan tungi reyd davomida bita tayogʼi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi va Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga topshirildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahar hududida yuk avtomashinasi yukxonasiga qoʼshimcha gaz balloni oʼrnatib harakatlanib yurgani aniqlanib, tegishli chora koʼrildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech