31 Yanvar 2023 yil 184

Vazir o‘rinbosari xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi

Xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Vazir o‘rinbosari boshqarmaning Muborak, Mirishkor, Nishon va Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining  o‘tgan yilda  xizmat intizomi va qonunchilik hisoboti tahlili taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarni malakasi, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish, sport mashg‘ulotlari tashkil etish, psixologik tayyorgarligi, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, turli tarixiy obidalar va shaharlarga sayohatini tashkil etish, shaxsiy tarkibning mehnat ta’tiliga chiqish borasidagi hisobotlari hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari bilan tanishdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov soha rahbarlarining o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari faoliyat davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tanqidiy- tahlil etib, ularni bartaraf etish, ichki ishlar organlari xodimlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish borasida e’tiborga olish lozim bo‘lgan muhim jihatlar xususida ishtirokchilarga tegishli tavsiya va taklif hamda topshiriqlarni berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech