24 Yanvar 2023 yil 34

Vazir o‘rinbosarining o‘rganishlari davom etmoqda

Bugun Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov Nishon tumani “Jalajin” MFY hududida joylashgan 9-sonli maktabida bo‘ldi. Tuman mutasaddi rahbarlari bilan birga maktab sinfxonalariga kirgan Vazir o‘rinbosari isitish tizimi bilan tanishdi. Maktab tabiiy gaz bilan isitishga moslashtirilgani bois, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, o‘quv sinflarida issiqlikni doimiy ravishda mo‘tadil haroratda saqlab turishni tavsiyasi berildi.

Tashrif jarayonida Vazir o‘rinbosari Nishon tumani “Paxtazor” mahallasida joylagan 10-sonli maktabga ham tashrif buyurdi. O‘rganishlar davomida sinfxonalarni isitishning ahvoli, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Maktabda dars jarayonlarida sinflar va dars mashg‘ulotlari o‘tiladigan xonalarni ko‘mir bilan isitish, shu bois maktab ma’muriyati va mutasaddilarga ko‘mir zahirasini ko‘paytirish lozimligi haqida Vazir o‘rinbosari ko‘rsatmalar berdi.

Respublika Ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech