19 Oktyabr 2022 yil 489

Viloyatdagi bir qator mahallalar  ichki yo‘llariga qo‘m-shag‘al to‘kilib tekislanmoqda

Yurtimizdagi har bir mahallada Inson qadri uchun shiori ostida ibratga molik ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor fuqarolarga shart-sharoit yaratish, kundalik va maishiy, kommunal hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilmoqda. Jumladan, bu borada barcha tumanlardagi mahallarda yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, tuproqli yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari jadal tus olgan. Jumladan, ayni kezlarda viloyatdagi 245 ta  mahallalarda ijtimoiy muammolarni tizimli hal qilish, hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq yig‘ilib qolgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni shag‘allashtirishga ichki ishlar organlari tomonidan besh yuzdan ortiq yuk mashinalari, yigirmadan ortiq greder, o‘ndan ortiq  katok, o‘ttizdan ortiq yuklovchi maxsus texnikalar jalb etilgan.

Ayni kezlarda viloyatdagi mahallalarda mavjud tuproq yo‘llarning 579,624 kilometriga qum-shag‘al yotqizildi. Viloyat miqyosida ro‘yxatga olingan qolgan mahallalar ko‘chalariga ham tosh-shag‘al to‘kilib, maxsus texnikalar yordamida tekislanmoqda.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech