28 Mart 2023 yil 348

Xodimlar huquqiy va ijtimoiy himoyalovchi tashkilot

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir. Bu borada “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi  Qonun mustahkam qalqon bo‘lmoqda.

Qarshi shahar IIO FMBda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasining o‘tgan yildagi amalga oshirgan ishlari hisoboti va 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tarkibiga 3909 nafar a’zolarni birlashtirgan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi ham tizimda xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimlar va erkin yollanma ishchi-xizmatchilarning imkon darajasida ko‘maklashmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan 6 nafar xodimlar va ishchi-xizmatchilarga 3 million so‘mlik moddiy yordamlar berildi. Ular orasida moddiy yordamga muhtoj, tibbiy jarrohlik o‘tkazgan hamda to‘y va boshqa marosimlar uchun murojaat etganlar bor. Jumldadan, boshqama M va MTTB MT va XX hovli farroshi Tursunpo‘lat Mustafaqulov, Mashhura Majidova va Ermat Hasanovlarga murojaati bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 5 nafar nogiron, betob faxriylar holidan xabar olinib, 3 million 400 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

-Yaxshi dam, mehnatga hamdam deganlaridek, yilning o‘tgan 3 oyida ta’tilga chiqqan 4 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va ularning 6 nafar oila a’zolariga dam olishlari va sog‘liklarini tiklashi uchun  sanatoriylarga yo‘llanmalar berildi, - deydi , - deydi biz bilan suhbatda viloyat ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi podpolkovnik Qiyomxon Omonov. – Bundan tashqari, a’zolardan iborat guruhlarni Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohati rejalashtirilmoqda.

Boshqarma birlashgan kasaba uyushmasi ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan qator ma’naviy-ma’rifiy va sport musobaqalariga ham homiylik qilib kelmoqda. Masalan, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon xodim”, “Zuko bilimdon xodim”, “Zakovat” bilimdonlar bellashuvi kabi tadbirlar g‘oliblariga uyushma hay’ati qaroriga ko‘ra sovg‘alar berilmoqda.

-Ilgari mehnat ta’tiliga chiqsak, o‘zimiz yoki ota-onamiz, turmush o‘rtog‘imiz bilan qaysi sanatoriyaga borishni va yo‘llanma olish uchun qayerga uchrashishni o‘ylardik, - deydi katta serjant V.Begimqulov. – Ichki ishlar organlari xodimlari ham kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgach, bu muammolar o‘z-o‘zidan barham topdi. Uyushmaning boshqa foydali jihatlari haqida esa ko‘pchilik yaxshi biladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, kasaba uyushmasi tizimning barcha sohalari va shahar-tumanlari bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yib, a’zolarini ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasida qator yutuqlarga erishdi. Tashkilotning afzaliklari shundaki, avvalo xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarda, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanishda kasaba uyushmalarining beminnat xizmati ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

Text to speech