6 Aprel 2021 yil 433

Yakkabogʼda uyushmagan yoshlar oʼrtasida "ICHKI ISHLАR KUBOGI" oʼtkazildi

Yakkabogʼda uyushmagan yoshlar oʼrtasida "IChKI IShLАR KUBOGI" oʼtkazildi

Yakkabogʼ tumanidagi "Oqtosh" MFYga qarashli sunʼiy qoplamali maydonda uyushmagan mahalla yoshlari oʼrtasida “Sportni sev sport bilan yasha” shiori ostida mini futbol boʼyicha tuman “IChKI IShLАR KUBOGI” musobaqasi oʼtkazildi.

Musobaqada Yakkabogʼ hokimi hamda tuman IIB boshligʼi ham ishtirok etishib, barcha jamoalarga omad va zafarlar tiladi.

19 ta jamoadan 184 nafar uyushmagan mahalla yoshlari ishtirok etishgan musobaqada sovrinli oʼrinlarni
1.Ibn-Sino
2.Qayragʼoch
3.Navroʼz MFY jamoalari qoʼlga kiritdilar.

Gʼoliblikni qoʼlga kiritgan jamoalar Yakkabogʼ hokimi, tuman IIB boshligʼi va tuman jismoniy tarbiya va sport boʼlimi maʼmuriyati tomonidan diplom va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Text to speech