30 Iyun 2022 yil 325

“Yosh bilimdon xodim”

    Qashqadaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida yosh xodimlarimizni intellektual salohiyatini oshirish, bilim saviyasini yuksaltirish,  hamda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Yosh bilimdon xodim” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda  viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda Qarshi shahar IIOFMB va shahar-tumanlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar ishtirok etishdi. 

   Ko‘rik-tanlovda zukkoligi va bilimdonligi bois Muborak tuman IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Yulduz Maxtumova faxrli
1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Yakkabog‘ tumani IIB Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi,  leytenant Nodirbek Eshonqulov va Transportda XTB Patrul-post xizmati bo‘linmasi safdor xodimi, safdor Shohjaxon Mardonov band etishdi.

     Tanlov g‘oliblariga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov diplom va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

Text to speech