2 Июл 2022 йил 370

INTERNET MUHITI VA AXBOROT OʼZGARISHLARI

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Internet muhiti va axborot oʼzgarishlari” mavzusida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlar xodimlari va Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali va Qarshi davlat universiteti oʼqituvchlari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev ochdi.

Yigʼilishda soʼz olgan Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali oʼqituvchisi Barno Elmurodova soʼzga chiqib, kompyuter texnologiyasining ajib moʼjizasi boʼlmish internet kurrai zaminni yagona kibermakonga aylantirganini, uning qator ijobiy jihatlari borligini inkor etmagan holda, ayrim salbiy jihatlaridan ham koʼz yumib boʼlmasligini taʼkidladi.

Bugun jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi misli koʼrilmagan yangi-yangi xavflar paydo boʼlmoqda. Internet orqali amalga oshiriladigan axborot xurujlarining oldini olish juda mushkul. Shundan foydalangan ayrim kimsalar oʼz gʼarazli maqsadlarini internet orqali amalga oshirishi ommaviy tus olmoqda. Mafkuraviy tahdidlar, «axborot xuruji» avvalo fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashiga salbiy taʼsir koʼrsatadi, jamoatchilik fikrini chalgʼitadi.

Hozirgi paytda bu axboriy tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʼrsatishi turgan gap.

Text to speech